Blindaj

Ma’nosi

Blindaj (fransuzcha blindaje, blinder-qalqon, g’ov, to’siq)-bomba, to’p o’qi hamda minadan saqlanish uchun qurilgan mustahkam yerto’la (harbiy istehkom). Blindaj devorlari shibbalanadi, usti yog’och, temir-beton va tuproq bilan yopiladi. Birinchi marta Sevastopol mudofaasi (1854-1855)da qo’llanilgan. 1-jahon urushi (1914-1918) va 2-jahon urushi (1939-1945)da Blindajda keng foydalanilgan.

O‘xshash so‘zlar

B harfiga oid tarixga oid ensiklopedik atamalar: barcha so‘zlar