Bora
Bora (yunoncha boreas – shimoliy shamol) – kuchli sovuq shamol, asosan qish oylarida dengiz qirg`oqlarida tog` tizmalaridan esadi. Dengiz havo bosimi (past bosim) bilan quruqlik havo bosimi (yuqori bosim) orasidagi keskin farq natijasida hosil bo`ladi. Rossiyada ko`pincha Novorossiysk hududida kuzatiladi.