Botiq
Botiq-Yer yuzasining pastga botgan joyi, atrofi baland, tubi ko`pincha tekis, chuqurligi har xil bo`ladi. Botiq ko`proq tektonik yo`l bilan vujudga keladi. Diametri o`n va yuzlarcha km ga yetadi (Farg`ona, Sariqamish, Borsakelmas botiqlari). Dunyo okeani tubida ham botiqlar bo`ladi. Tinch okeanda Mariana (11022 m), Tonga (10882 m) botiqlari bor. Botiq atamasi Mahmud Koshg`ariyning «Devonu lug`otit turk» asarida qayd qilingan.
O‘xshash so‘zlar
- BOTIQ
- Botiq qobiq
- Botiq (egik, bukik)
- Botqoq tuproqlar
- Botqoqlik
- Botqoqshunoslik
- Boyitish, foydali qazilmalarni boyitish
- Brekchiya











