ACHCHIQMIYA

ACHCHIQMIYA (Gobelia pachycarpa) – burchoqdoshlar oilasiga mansub ko’p yillik o’simlik. Bo’yi 30 — 45 santimetr, qalin tuk bilan qoplangan. Barglari murakkab patsimon, uzunligi 10 — 18 santimetr. Gullari poyaning yuqorisida … Read More

ACHCHIQKO’L KOLLEKTORI

ACHCHIQKO’L KOLLEKTORI – Farg’ona vodiysidagi eng yirik kollektorlar tarmog’i, Achchiqko’l va shimoliy Bag’dod kollektorlaridan iborat. 1970 yilda ishga tushirilgan. Achchiqko’l kollektori qurilishi bilan oldindan ishlab kelayotgan juda ko’p katta-kichik kollektorlar … Read More

ACHCHIQKO’L

ACHCHIQKO’L — Sirdaryoning chap sohilidagi ko’l (Sirdaryo viloyatining Guliston tumanida). Achchiqko’l bahor va yoz oylarida toshqin suvlarining to’planib qolishidan hosil bo’lgan. Ko’l sohili qumloq. Janub g’arbiy sohili ekinzor. Suv sathi … Read More

ACHCHIQJOM

ACHCHIQJOM, achchiq kosa-zargarlikda mis kosa. Uzuk, bilaguzuk, zirak kabi ziynat buyumlarini achchiqtosh eritmasi, kislotada qaynatib, yuzidagi kir zanglarni ketkazishda ishlatiladi.

ACHCHIQBUTA

ACHCHIQBUTA (Ammothamnus lemannii) — burchokdoshlar oilasiga mansub buta. Bo’yi 50 — 100 santimetr. Barglari toq patsimon, uzunligi 10 — 19 santimetr, qalin tuk bilan qoplangan. Gullari oq bo’lib, uzun shingilda … Read More

ACHCHIQBODOM

ACHCHIQBODOM (Amygdalus bucharisa) — ra’nodoshlar oilasiga mansub kichkina daraxt yoki buta. Balandligi 1,5 metrga yaqin. Barglari nashtarsimon yoki tuxumsimon, bo’yi 3 — 4, eni 1,5 — 2 santimetr, bir yillik … Read More

ACHCHITOG’

ACHCHITOG’ — Sulton Uvays tizmasining g’arbiy qismidagi cho’qqi. Dengiz sathidan balandligi 331 metr. Paleozoyning yashma va slaneslaridan tuzilgan. Yon bag’irlari tik, yemirilgan qoya toshlardan iborat.

ACHCHISOY

ACHCHISOY — Navoiy viloyati Xatirchi tumanidagi soy. Oqtog’ning Janubiy yon bag’rida 800 metr balandlikdagi adirlardan boshlanib, Janub tomon oqadi. Bahorda Shovot kanaliga quyiladi. Uzunligi 18 kilometr. Yomg’ir va buloqlardan suv … Read More