ASHTARXON XONLIGI qanaqa xonlik?
ASHTARXON XONLIGI (Astraxon xonligi) — Oltin O’rdaning inqirozi natijasida vujudga kelgan davlat. Poytaxti — Ashtarxon shahri (hozirgi Astraxon). 14-asrda Oltin O’rda amiri Hoji Cherkas Ashtarxon shahrini bosib olib, uni alohida mulkka aylantirgan, taxminan 1459-60 yillarda esa bu mulk uzil-kesil mustaqil bo’lib olgan. Ashtarxon xonligining birinchi hukmdori — katta O’rda xoni Ahmadning birodari Mahmud bo’lgan. Xonlikning taxminan hududi: Sharqda No’g’ay O’rdagacha, Janubda Terek, g’arbda Kuban va don daryolarigacha, shimolda saroy shahrigacha. Aholisi turkiyzabon qabilalardan iborat bo’lib, asosan ko’chmanchi chorvachilik, qisman baliq ovlash, ovchilik va dehqonchilik bilan shug’ullangan. Ashtarxon yaqinidan tuz qazib olingan. 1556 yil Ashtarxon xonligi rus qo’shinlari tomonidan bosib olingan.
O‘xshash so‘zlar
- Ashtarxoniylar
- ASHTARXONIYLAR qanaqa sulola bo’lgan?
- ASHULA nima deganini bilasizmi?
- ASHULA VA RAQS ANSAMBLI nima degani?
- ASHULA YO’LI nima degani?
- ASHULACHI haqida nimani bilasiz?
- ASHURALI MAHRAM kim bo’lgan?
- ASHURALI MEHTAR kim bo’lgan?











