AUDIENTSIYA

AUDIENTSIYA (lotincha audentia — tinglash, quloq solish) — davlat va jamoat arboblari tomonidan chet el diplomatik vakillarining rasmiy qabul qilinishi. Xalqaro huquqda Audientsiya — davlat boshlig’ining diplomatik vakilni qabul qilishi. … Read More

AUD

AUD (yoki Audh) — shimoliy Hindistondagi tarixiy viloyat. Gang daryosining o’rta oqimida joylashgan. Miloddan avvalgi 6-asrda Aud hududida quldorlik davlati Koshala bo’lib, butun viloyat uning poytaxti Ayodhe nomi bilan atalgan. … Read More

AUGSBURG

AUGSBURG — Bavariya yeridagi shahar. Germaniya Janubida, Alp tog’lari etaklarida joylashgan. Aholisi 245 ming kishi atrofida. Transport yo’llari tuguni. Qadimgi to’qimachilik markazi. Mashinasozlik, metallni qayta ishlash, kimyo, elektrotexnika va radioelektronika … Read More

ATHARVAVEDA

ATHARVAVEDA — hind xalqining buddizmgacha bo’lgan eng qadimgi diniy va adabiy yodgorligi bo’lmish 4 she’riy va nasriy to’plam — vedalardan biri. Taxminan miloddan avvalgi 9-8-asrlarda tuzilgan. Vedalar quyidagilar: Rigveda — … Read More

ATTRAKTSION

ATTRAKTSION (Fransuzcha attraction — tortilish) — 1) tsirk tomoshasi. Dastlabki mexanika va fizika yutuqlari asosida ko’rsatilgan tsirk nomerlari Attraktsion deyilgan. Hozir muayyan g’oya va mazmun asosida bir biri bilan bog’liq … Read More

ATTRAKTANTLAR

ATTRAKTANTLAR (lotincha attraho — o’zimga jalb qilaman) — hasharotlarni o’ziga jalb etuvchi tabiiy va sintetik kimyoviy moddalar. Bir hujayrali organizmlarning Attraktantlar odatda, ijobiy xemotoksisni vujudga keltiruvchi moddalar hisoblanadi. Masalan, saxaroza … Read More

ATTORLIK

ATTORLIK — bozorlarda pardozandoz, mayda ro’zg’or mollari bilan savdo qiluvchi do’konlar rastasi, qatori. O’tmishda doridarmon, mayda ro’zg’or buyumlari (ip, igna, xina, oyna, taroq, saqich, atir-upa va boshqalar) bilan savdo qiluvchi … Read More

AT-TOIR

AT-TOIR (Arabcha at-Toir) — Burgut yulduz turkumining eng ravshan, 1-kattalikdagi (a) yulduzi. O’rta kenglikdagi joylarda bahor, yoz va kuzda ko’rish mumkin.

ATTIKA

ATTIKA — qadimgi O’rta Yunonistonning Janubiy-sharqida joylashgan viloyat. Yunon rivoyatlariga ko’ra, Afina atrofida Attikaning siyosiy birlashuvi shoh Tesey davrida sodir bo’lgan; aslida bu jarayon bir necha asrlarga cho’zilgan. Miloddan avvalgi … Read More