AUTOGEN MASHQ nima degani?
AUTOGEN MASHQ (Yunoncha autogenes — o’zi bajaradigan), autotrening — ichki a’zolar funktsiyasi, harakat faoliyati buzilganda o’z-o’zini ishontirish va o’zo’zini boshqarish orqali shu holatdan forig’bo’lishga olib keladigan psixoterapiya (ruhiy davolash) usuli. Nemis olimi I. Shuls tomonidan taklif qilingan. Autogen mashq biror texnik moslama (xotira, diqqat trenajeri va boshqalar) yoki kishining o’z xohish irodasi bilan amalga oshirilishi mumkin. Bunda bemorni oyoq-qo’llarini bo’sh qo’yishga, hech narsani o’ylamaslikka, faqat sog’ayib ketishga ishontirishga harakat qilinadi. Bu usul boshqa ruhiy davolash usullari bilan birga qo’shib olib borilganda yaxshi naf beradi. Asosan nev yuzlarda, ayniqsa uyqu buzilganda qo’llaniladi. Qisqa muddatli dam olish va boshqa hollarda sog’lom kishilar ham undan foydalanadilar.
O‘xshash so‘zlar
- Autogemoterapiya nima degani
- AUTOGEMOTERAPIYA nima degani?
- AUTOINFEKTSIYA nima degani?
- AUTOINTOKSIKATSIYA nima degani?
- AUTOINVAZIYA nima degani?
- AUTOPSIYA nima degani?
- AUTRAYT haqida nima bilasiz?
- AUTSAYDER haqida nima bilasiz?











