BRAXI …
BRAXI … (Yunoncha brachys — qisqa) — qo’shma so’zlar tarkibiy qismi, o’zi qo’shilib kelgan so’z ma’nosiga “kalta”, “qisqa” ifodasini beradi (masalan, braxikefaliya, braxistoxrona).
Batafsil o‘qish

BRAXI … (Yunoncha brachys — qisqa) — qo’shma so’zlar tarkibiy qismi, o’zi qo’shilib kelgan so’z ma’nosiga “kalta”, “qisqa” ifodasini beradi (masalan, braxikefaliya, braxistoxrona).
Batafsil o‘qishBRAUNSHVEYG — Germaniyaning Quyi Saksoniya yeridagi shahar. Oker daryosi bo’yidagi port. Aholisi 259 ming kishi (1992). Temir yo’l tuguni. Asosiy sanoat tarmoqlari: mashinasozlik, avtomobilsozlik (yengil va yuk mashinalari, avtobuslar). Musiqa … Batafsil
Batafsil o‘qishBRAUNIT (19-asr nemis olimi M. Braun nomidan) — murakkab oksidlar sinfiga mansub mineral. Kvadrat sistemada kristallanadi. Ko’pincha donador agregatlar uyumi ko’rinishida uchraydi. Rangi qoraqo’ng’ir yoki kulrang. Yarim metallsimon yaltiraydi. Qattiqligi … Batafsil
Batafsil o‘qishBRAUN (BROWNE) EDUARD GRENVILL (1862.7.2, Yuli, Glostershir — 1926.5.1, Kembrij) — ingliz sharqshunosi. Kembrij universitetida Sharq tillari va tabobat ilmini o’rgangan. Uzoq vaqt Eronda yashagan. Kembrij universitetida Arab va fors … Batafsil
Batafsil o‘qishBRAUN (BROWN) MAYKL STYUART (1941) — Amerika genetigi. Odam va hayvonlar organizmida lipidlarning tashilish va xolesterin almashinuvining boshqarilish mexanizmi ustida tadqiqot olib borgan. Nobel mukofoti laureati (1985; J.L. Goldstayn bilan … Batafsil
Batafsil o‘qishBRAUN (BRAUN) KARL FERDINAND (1850.6.6, Fulda — 1918.20.4, Nyuyork) — nemis fizigi. Ilmiy ishlari radiotexnikaga oid. Elektr tebranishlarni tekshirish maqsadida Braun naychasi (trubkasi)ni taklif etgan, Kristallarda unipolyar o’tkazuvchanlik xossasini aniqlagan … Batafsil
Batafsil o‘qishBRAUN (BROWN) JON (1800.9.5 — 1859.2.12) — AQSh qoratanli qullarini ozodlikka chiqarish harakati rahbarlaridan biri. 1855-56 yillarda Kanzasdagi quldorlikka qarshi bo’lgan qo’zg’olonga rahbarlik qildi. Yashirin “Yer osti temir yo’li” tashkiloti … Batafsil
Batafsil o‘qishBRAUN (BRAUN) GERBERT CHARLZ (1912. 22.5, London) — Amerika kimyogari. AQSh Milliy Fanlar Akademiyasi a’zosi (1957 yildan). Asosiy tadqiqot ishlari bor kimyosiga oid. Diboranni sintez qilishning oddiy usulini ishlab chiqqan. … Batafsil
Batafsil o‘qishBO’RONQUSHLAR (Puffinus) nay burunlilar turkumi urug’i. Suvda yashashga yaxshi moslashgan dengiz qushlari. Panjalari orasida suzgich pardalari bor. Tumshug’i uzun va uchi ilmoqqa o’xshash qayrilgan, tashqi burun teshigi maxsus nay uchida … Batafsil
Batafsil o‘qishBO’RONOV QO’RG’ON (1925.25.10, Chimkent) — faylasuf olim. O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan arbobi (1985), falsafa fanlari Doktori (1981), professor (1982). 2-jahon urushi qatnashchisi. O’rta Osiyo davlat untining tarix fakultetini (1950) tugatgan. … Batafsil
Batafsil o‘qish