Blok
Blok (nemischa Block, fransuzcha bloc inglizcha block)-1) qadimgi yunonlarda jala, momaqaldiroq, sovuq va qor olib keluvchi shamol; 2) ittifoq, bitim: umumiy siyosiy maqsad bilan hukumatlar, partiyalar va turli ijtimoiy guruhlar … Read More
Bistr (fransuzcha bistre)-yog’och qurumidan tayyorlangan bo’yoq, suvda eritilgan o’simlik yelimi bilan aralashtirilgan; XV-XVIII asrlarda lat va cho’tkada rasm chizishda Yevropa rassomlari tomonidan ishlatilgan.
Birich, Biryuch (ruscha)-Qadimgi Rusda maydonlarda knyaz amrlarini e’lon qiluvchi jarchi, sud va diplomatik ishlarda knyaz yordamchisi.
Birema (yunoncha bireme)-antik davrda O’rta yer dengizi havzasida keng tarqalgan ikki qator eshkakli harbiy kema. Uzunligi 30-38 metr, suv sig’imi 60-100 tonna bo’lgan. Finikiya, yunonlar va rimliklarda juda ommaviy edi.
Bir (moldovancha o’lpon, soliq)-feodal Moldaviyasida dehqon xonadonlariga solingan o’lpon (XV asrdan), shuningdek, Turkiya o’lponi va sultonga hadya uchun yig’im (XVI-XVIII asrlar).
Bipatridlar (bi… va yunoncha patris-vatan, Bipolidlar-ayni bir vaqtda ikki va undan ortiq davlat fuqarosi bo’lgan shaxslar.
Bimetallizm (bi… va metal)-qiymat o’lchovi (qonunlashtirilgan umuman ekvivalent) vazifasini 2 nodir metal-oltin va kumush bajarilgan pul tizimi hamda shu ikki metalldan zarb qilingan tangalarning mamlakatda muomalada yurishi. Bimetallizm XVI-XIX asrlarda … Read More