Hisoblash
Hisoblash-sonlarning sanog’i va miqdorini aniqlash.
Batafsil o‘qish

Hisoblash-sonlarning sanog’i va miqdorini aniqlash.
Batafsil o‘qishHissiyot-shaxsning voqelikdagi narsa va hodisalarga, kishilarga hamda o’z-o’ziga bo’lgan munosabatlaridan kelib chiqadigan kechinmalari.
Batafsil o‘qishHind tili o’qitish metodikasi-1) hind tili ta’limi nazariyasi hamda metodikasi bo’yicha talabalarga muayyan bilim, ko’nikma, malakalar hosil qilishga yo’naltirilgan o’quv fani; 2) hind tili o’qitish metodikasi xususiy pedagogikaning alohida tarmog’i.
Batafsil o‘qishHind tili xonasi-hind tili fanini o’qitishda dars va darsdan tashqari mashg’ulotlarni samarali tashkil etishga qaratib maxsus jihozlangan o’quv xonasi.
Batafsil o‘qishHind tili Davlat ta’lim standarti-hind tili ta’lim mazmuni va ushbu o’quv predmeti bo’yicha o’quvchilar egallaydigan bilim, ko’nikma, malakalarga qo’yilgan talablarni davlat tomonidan tasdiqlangan etaloi, modeli.
Batafsil o‘qishHijo usuli (usuli tahajji)-o’quvchilarga alifbo tartibidagi harflarning nomlari; ular asosida yasalgan hijo, ya’ni bo’g’inlar, abjadni yodlash va o’qitishga asoslangan didaktik usul.
Batafsil o‘qishHikoya-bayon – yangi mavzu mazmunini ochib berilishi, muayyan reja asosida matnning asosiy muhim jihatlarini ajratib izchil bayon qilishga asoslangan yozma ish turi.
Batafsil o‘qishHikoya-xulosa-mashg’ulot so’ngida asosiy fikrni yakunlash, xulosalash va umumlashtirish, muayyan mavzu yuzasidan mustaqil ishlash uchun topshiriqlar berish usuli.
Batafsil o‘qish“Hasharchilar” o’yini-o’quv matnini tuzishda foydalaniladigan didaktik o’yin turi.
Batafsil o‘qishHarf-alifbo sirasida bo’lgan, yozuvda nutq tovushlarini (fonemalarni), ularni variantlari va ba’zi bir qo’shilmalarini ifodalash uchun xizmat qiladigan bosma yoki yozma grafik belgi.
Batafsil o‘qish