O’STIRILMAYDIGAN KREDITLAR
O’STIRILMAYDIGAN KREDITLAR – belgilangan tartibga muvofiq foizlar hisoblanishi to’xtatiladigan kreditlar.
O’STIRILMAYDIGAN KREDITLAR – belgilangan tartibga muvofiq foizlar hisoblanishi to’xtatiladigan kreditlar.
O’SAYOTGAN TALAB – talab darajasining dam-badam o’sib va pasayib turish holati.
O’RTACHA XARAJATLAR – ishlab chiqarish jarayonida yaratilgan umumiy mahsulotning birligiga sarf etilgan xarajatlardir.
O’RTACHA UMUMIY XARAJATLAR – mahsulot birligiga hisoblangan umumiy xarajatlar, ya’ni umumiy xarajatlarning mahsulot chiqarish hajmiga nisbati.
O’RTACHA O’ZGARUVCHAN XARAJAT – mahsulot birligiga mos keluvchi o’zgaruvchan xarajatlar, ya’ni o’zgaruvchan xarajatlarning mahsulot chiqarish hajmiga nisbati.
O’RTACHA MAHSULOT – ishlab chiqarish jarayoniga jalb qilingan moddiy va ish kuchi resurslarining bir birligiga to’g’ri keladigan ishlab chiqarilgan mahsulot birligiga aytiladi.
O’RTACHA DOIMIY XARAJATLAR – mahsulot birligiga sarflangan doimiy xarajatlar, ya’ni doimiy xarajatlarning mahsulot chiqarish hajmiga nisbati.
O’RTACHA DAROMAD – bir birlik tovarni sotishdan tushgan daromad.
O’RTA TA’MIR – tamirlanadigan agregatni qisman ajratib yig’ish yoki detallar qismlarini qayta tiklash yoki almashtirish amalga oshiriladi.
О‘RINDOSHLIK SAMARASI – iste’molchining narxi oshgan tovarlarning o’rniga xuddi shunday, ammo arzon tovarlarni sotib olishga harakat qilishi.