Suqratona savol-javob metodi
Suqratona savol-javob metodi-o’quvchilarni mustaqil fikrlashga yo’llash maqsadida amalga oshiriladigan dialog, maxsus savol-javob metodi.
Suqratona savol-javob metodi-o’quvchilarni mustaqil fikrlashga yo’llash maqsadida amalga oshiriladigan dialog, maxsus savol-javob metodi.
So’rov-1) pedagogik diagnostika metodi bo’lib, respondentlar bilimini yozma yoki og’zaki savollar orqali aniqlashga qaratilgan jarayon; 2) respondent (so’raluvchilar)ning so’zlari asosida bildirilgan ob’yektiv va sub’yektiv dalillar haqida axborot olish metodi.
So’rash-o’quvchilar bilimini nazorat qilishning savol-javob tarzida amalga oshiriladigan turi.
Sxolastika-hayot va amaliyotdan ajralib qolgan soxta bilimlar.
“So’zdan gapga” o’yini-so’zlardan gap tuzishiga asoslangan didaktik o’yin turi.
Suhbat metodi-o’quvchi, talaba va o’qituvchi orasida ta’lim-tarbiya jarayonida amalga oshiriladigan o’zaro so’zlashuv, muloqot usuli.
Suhbat-o’quvchi, talaba va o’qituvchilar orasida ta’lim-tarbiya jarayonida amalga oshiriladigan o’zaro so’zlashuv, muloqot.
Surdopedagogika-kar hamda qulog’i og’ir bolalarga tarbiya-ta’lim berish muammolari bilan shug’ullanuvchi fan. Pedagogikaning alohida tarmog’i.
Superintendent-AQShda xalq ta’limi departamentini boshqaruvchi mutaxassis.
Suggestiya-ta’sir ko’rsatish, ishontirish, muloqot shaklida o’quvchi (suggerend) ta’sir ko’rsatuvchi, ishontiruchi (o’qituvchi-suggestor) ning aytganlarini passiv, ixtiyorsiz, o’ylamasdan o’zlashtiradigan va uning topshiriqlarini mutelik bilan bajaruvchi o’quvchilar.