Sebarga
Sebarga – uch bargli naqsh shakli, bo’lagi.
Sebarga – uch bargli naqsh shakli, bo’lagi.
Svaylar to’plami – alohida poydevor tagidagi svaylar guruhi (bir nechta svaylar).
Svay-kolonna – bunday svaylar bir vaqtning o’zida svay va kolonna rolini bajaradi. Qoqiladigan svaylar (qisman chuqurlashtiriladigan svaylar)ning bir turi bo’lib, ularning yer osti qismi bino va inshootlar kolonnalari sifatida xizmat … Read More
Svod – tom yopma yoki orayopmaning egri chiziqli plitasi ko’rinishidagi yuk ko’taruvchi fazoviy konstruksiya bo’lib, bu konstruksiya boshqa konstruksiyalardan tirgakka ega ekanligi, asosan, siqilishga ishlashi bilan farq qiladi.
Sepmoq (sochmoq) – muayyan narsa ustiga yoki ichiga nimadirni sepish. Masalan: qum sepmoq.
Sepoya – 1) uch oyoq, uch oyoqli asbob; 2) to’g’onlarni qurish uchun qurilma.
Septik – oqava suvlarni tozalovchi inshoot. Masalan: beton septik, temir-beton septik, g’ishtin septik, o’rash uchun ishlatiladigan beton o’zak, ichki o’zak (g’ovak hosil qiluvchi o’zak), temir-beton qoziq va hokazolar.
Sizish – faqat suyuqlik o’tishi mumkin bo’lgan murakkab tuzilishga ega bo’lgan filtr muhiti yordamida qattiq va suyuqlikni aralashmadan ajratadigan jismoniy ajratish jarayoni.
Sizib kirish – tuproq yoki tosh orqali suvning (ko’pincha ulardan eruvchan tarkibiy qismlarni olish bilan birga) yer osti suvlari hosil bo’lgan chuqur qatlamlarga harakatlanishi. Masalan: sizot suvining sizib kirishi.