TABOSHAR

TABOSHAR — 9-10 asrlarda Iloq konlari guruhidagi metall koni. Qurama tizmasi Janubi g’arbiy yon bag’ridagi Qoramozor tog’ining Tabosharsoy havzasida joylashgan. Konda 50 dan ortiq shaxta bo’lib, ularning ko’pchiligi qiya va … Read More

TABOR

TABOR (chexcha — tabor) — 1) chexlar, polyaklar, ruminlar, vengerlarda — qarorgoh, yuk ortilgan aravalar — o’g’ruq; 2) o’tmishda kazaklarda — o’g’ruqi bor qo’shin qarorgohi, urdusi; 3) bir qismi qarindoshlik … Read More

TABLO

TABLO (lotincha tabula — taxta) — yorug’lik signallari yoki yozuvlar paydo bo’ladigan elektr yoki elektron qurilma (shchit). Sanoat korxonalari yoki avtokorxonalardagi dispetcherlik xizmatida, stadionlar va sport maydonlarda, tijorat reklamalarida qo’llanadi.

TABLAN CHO’QQISI

TABLAN CHO’QQISI – Hisor tog’ tizmasining Janubi g’arbidagi cho’qqi. Surxondaryo viloyatidagi Halqajar soyi havzasida; balandligi 2426 metr. Tablan cho’qqisi atroflari archazor.

TABAQA

TABAQA — muayyan xalq ichida ijtimoiy mavqeiga qarab bo’linadigan guruh. Tabaqa urf-odat yoki qonunda mustahkamlangan, avloddan avlodga o’tib keladigan xuquq va burchlarga ega bo’lgan. Tabaqalar o’tmishda an’anaviy zodagonlik va aslzodalik … Read More

T

T — o’zbek kirill alifbosining yigirmanchi harfi. Til oldi, portlovchi-shovqinli, jarangsiz undosh tovushni ifodalaydi. So’zning boshi (tan, tosh, tog’), o’rtasi (Vatan, chetan, qattiq) va oxirida (yigit, odat, harakat) kela oladi. … Read More