T
T — o’zbek kirill alifbosining yigirmanchi harfi. Til oldi, portlovchi-shovqinli, jarangsiz undosh tovushni ifodalaydi. So’zning boshi (tan, tosh, tog’), o’rtasi (Vatan, chetan, qattiq) va oxirida (yigit, odat, harakat) kela oladi. So’z boshida eng ko’p qo’llanadigan harf-tovushlardan. Bir qancha o’zlashma so’zlarning oxirida ketma-ket kelgan undoshlarning so’nggisi t bo’lsa, ko’pincha talaffuzda tushib qoladi: pas(t), do’s(t), darax(t), mashinis(t) kabi. Yana bir guruh so’zlarda so’z oxiridagi D tovushi t tovushiga almashadi: yod (xotira) — yot, qand— qant, savod—savot, baland bala(n) t kabi. Aksincha, o’g’iz shevalarida so’z boshidagi t ba’zan D ga almashadi: tog’— dog’, temir—Demir, tish—dish kabi. Lekin yuqoridagi har uchala holat ham imlo (yozuv)da aks etmaydi. T harfi o’zbek xalqi tarixan qo’llagan barcha yozuv turlari (alifbolar)da o’ziga xos ko’rinishlarga ega bo’lgan.