DISPETCHER

DISPETCHER (inglizcha dispatch — tez bajaraman) — ishlab chiqarishning uzluksizligini ta’minlash maqsadida, uning har bir jarayonini maxsus texnika vositalari yordamida operativ nazorat qilish, muvofiklashtirish va markazlashgan boshqaruvni amalga oshiruvchi xizmatchi. Dispetcher dispetcherlik pultida o’rnatilgan aloqa vositalari, dispetcherlik signalizatsiya apparatlari, dispetcherlik so’zlashuv apparatlari yoki kommutatorlar, faks va televizion uskunalari, radiotelefon, kompyuter va boshqa vositalardan foydalanib ish yuritadi.