DARVESH ALI

DARVESH ALI (15-asr) — shoir, xattot, tabib. Fors tilida ijod qilgan. Muammo, qasida va ruboiylar yozgan. She’rlar devoni hali topilmagan. Navoiy “Majolis un-nafois”da Darvesh Ali haqida “…tabobatqa mashg’uldur va bu fanning Hoziq va mohirlari aning tab’in ta’rif qiladurlar. Muolijasin ham ko’rganlar ukodurlar. Tab’i ham yaxshidur. Ammo muammog’a ko’prak mashg’uldir”, deydi. Darvesh Ali Jomiy “Bahoriston”i, Navoiy “Chor devon”ining 1-va 2-kitoblarini, Muhammad Tohir G’azzoliining “Ma’rifat ul-mazohib” risolasini nasta’liq xatida ko’chirgan. Bu dastxatlar O’zbekistan Fanlar Akademiyasi Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti qo’lyozmalar fondida saqlanadi (inv. № 2227, 4007, 7701, 3376).