DARVESH MANSUR
DARVESH MANSUR (15-asr Sabzavor) — shoir va adabiyotshunos. Yahyo Sebak hamda o’z davrining tasavvuf olimi Hofiz Ali Jomiydan dars olgan. Aruz ilmi va ilmi bade’ bo’yicha Navoiyning ustozi. Aruz haqida 2 risola va qasidasi bor. She’rlari ishqiy va falsafiy mavzuda. “Majolis un-nafois”, “Radoyif ul-ash’or” (faxri Xirotiy), “Habib Us-siyar” (Xondamir) asarlarida she’rlaridan namunalar saqlangan. Navoiy “Majolis un-nafois” asarida Darvesh Mansur ijodiga yuksak baho bergan.
O‘xshash so‘zlar
- Darvesh
- DARVESHALI
- DARVESHXON
- Darveshali
- DARVESH ALI
- DARVESH MUHAMMAD
- DARVESH MUHAMMAD TOQIY
- DARVESH MUHAMMAD TARXON


