DIZARTRIYA
DIZARTRIYA (diz… va Yunoncha arthroo — burro-burro gapiraman) — tovush chiqarishda ishtirok etadigan muskullar faoliyatining buzilishi natijasida noaniq, g’uldirab gapirish. Dizartriya uzunchoq miyadagi IX, X va XII juft nervlar yadrosining zararlanganligidan dalolat beradi. Miya qon tomiri kasalliklari, entsefalitning ba’zi xili, miya poyasi, ko’pincha uzunchoq miya, miya po’stlog’i osti tugunlari va miyachaning zararlanishi sabab bo’ladi. Davosi: Dizartriyani keltirib chiqargan asosiy kasallik bartaraf qilinadi.
O‘xshash so‘zlar
- Dizartriya, nutqning funksional buzilishi nima degani
- DIZAYN
- DIZEL
- DIZEL (DIESEL) RUDOLF
- DIZEL ELEKTR STANTSIYASI
- DIZEL YONILG’ISI
- DIZEL-POYEZD
- DIZENTERIYA







