DOGUZTOV TORI
DOGUZTOV TORI – Markaziy Qizilqumdagi tog’. Ovminzatov bilan Tomditov tog’lari oralig’ida. Eng baland joyi 444 metr. Uzunligi 6-8 kilometr. Doguztov tori Janubi- g’arbdan shimoli-sharqqa yo’nalgan. Yon bag’irlari o’ydim-chuqur, quruq soy ko’p. Tub jinslar yer betiga chiqib qolganligi va ularning nurashi natijasida vujudga kelgan Toshloq jinslar ustida qung’ir bo’z tuproqlar tarkib topgan. Shuvoq, boyalich, biyurg’un, keyreuk o’sadi.
O‘xshash so‘zlar
- DOIM YASHIL O’SIMLIKLAR
- DOIMIY SUG’ORISH SHOXOBCHALARI
- DOIMIY VAKOLATXONA
- DOIRA
- DOIRA KVADRATURASI
- DOIRA, CHILDIRMA, CHIRMANDA
- DOIRAVIY FUNKTSIYALAR
- DOIRAVIY FUNKTSIYALAR


