Domen

Ma’nosi

Domen (fransuzcha domaine, lotincha dominium-mulk so’zidan)-o’rta asrlarda G’arbiy Yevropada qirol yoki qandaudir feodal mulkining bir qismi, ularning o’zi tomonidan xo’jaligi yuritilgan. Domen tarkibiga, odatda, turli aholi manzilgohlari, qal’alar, yaylovlar, ekinzorlar va o’rmonlar kirgan. Gertsoglar, graflar, baronlar va boshqa feodallar o’z Domeniga ega edi. Qirol Domeni eng kattasi bo’lmasligi ham mumkin edi.

O‘xshash so‘zlar

D harfiga oid tarixga oid ensiklopedik atamalar: barcha so‘zlar