FAGOT

FAGOT (italyancha fagotto — tugun, bog’lam) — puflamatilchali musiqa cholg’u asbobi. Taxminan 1530-yillarda bombarda (tilchali yog’ochpuflama soz) asosida ixtiro qilingan. Zarang yog’ochidan yasaladi, qo’sh tilchali. Tsilindrkonus Simon 2 asosiy (katta va kichik) va ularni o’zaro bog’lovchi qo’shimcha kanali mavjud. Hozirgi Fagotda chalg’ich teshiklari 25-30 ta bo’lib, 5-6 tasi barmoq bilan, qolganlari klapanlar bilan berkitiladi. O’ziga xos tembri, keng texnik imkoniyatlari tufayli asosiy yakkanavoz, ansambl va orkestr sozlari qatoridan o’rin olgan. Kontrafagot turi ham bor. O’zbekiston davlat konservatoriyasi, ayrim musiqa lisey va kollejlarida Fagot sinflari mavjud.