FUQAROLIK HUQUQIY JAVOBGARLIK
FUQAROLIK HUQUQIY JAVOBGARLIK — yuridik javobgarlikning mustaqil turi. Mulkiy xususiyatga ega bo’lgan sanktsiyalar ko’rinishida ifodalanadi. Odatda, Fuqarolik huquqiy javobgarlik. majburiyatlarning buzilishi natijasida vujudga keladi. Fuqarolik huquqiy javobgarlik qarzdorga yoki huquqbuzarning mulkiy ahvoliga salbiy ta’sir etish orqali huquqi buzilgan shaxsning yoki jabrlanuvchining huquqlarini tiklashga va mulkiy ahvolini yaxshilashga qaratilgan javobgarlik shaklidir. Neustoyka va yetkazilgan zararni qoplash Fuqarolik huquqiy javobgarlik choralari hisoblanadi.
O‘xshash so‘zlar
- FUQAROLIK
- FUQAROLIK ISHI
- FUQAROLIK HUQUQI
- FUQAROLAR URUSHI
- FUQAROLAR URUSHI
- FUQAROLAR YIG’INI
- FUQAROLIK KODEKSI
- FUQAROLIK JAMIYATI




