FIR’AVN

FIR’AVN — qadimgi Misr podsholarining nomi. 22-suloladan boshlab (miloddan avvalgi 16-asr) podshoh unvoni. “Fir’avn” so’zi qadimgi misrcha “Pero”dan olinib, dastlab “Shoh saroyi” (“ulut uy”) ma’nosini anglatgan. 18-suloladan boshlab, podshohning o’zi Fir’avn deb atalgan. Mamlakatdagi barcha ekin yerlari Fir’avnlar mulki hisoblangan. Aholidan to’plangan soliqlar, odatda, Fir’avnlarning shaxsiy ehtiyojlari uchun sarflangan. Qadimgi Misr diniy tasavvurlariga ko’ra, Fir’avn — quyosh ma’budi, Gorning o’g’li, uning yerdagi in’ikosi va tabiat ma’budi Osirisning merosxo’ri bo’lgan. Fir’avn hokimiyatining qudratini, ulug’vorligini ko’rsatish uchun ularga bag’ishlab ehromlar qurilgan.