FIRQA

Ma’nosi

FIRQA (Arabсha — guruh, to’da) — Islomiy e’tiqodga doir bir yoki bir necha masala yuzasidan maxsus fikrga ega bo’lgan kishilar guruhi; maktab, jamoa. Muhammad (sav) tomonidan musulmonlar jamoasi 73 (yoki 72) Firqaga bo’linib ketadi, deb bashorat qilingan. Musulmon tarixchilari diniy-siyosiy guruhlar, ilohiyot maktablari, jamoa va boshqalar o’rtasida qat’iy chegara qo’ymay, Firqani musulmonlar jamoasi bo’linadigan birliklardan birini anglatuvchi tushuncha ma’nosida qo’llaganlar. Eski o’zbek tilida “partiya” so’zi o’rnida ham ishlatilgan.

O‘xshash so‘zlar

F harfi: barcha so‘zlar