FOLKLOR
FOLKLOR (inglizcha folk — xalq, lore — bilim, donolik) — xalq ijodini ifodalovchi termin. Fanga 1846 yilda ingliz arxeologi U.J.Toms olib kirgan. 1880-90 yillarda “Folklor” termini ko’plab mamlakatlarda, jumladan, Rossiyada ham qo’llana boshlagan. O’zbekistonda dastlab, “og’zaki adabiyot”, “og’iz adabiyoti” atamalari qo’llangan. “Folklor” termini 30-yillarning o’rtalaridan ishlatila boshlagan. 1939 yilda Hodi Zarifning “O’zbek folklori” xrestomatiyasi nashr etilgach, bu termin o’zbek folklorshunosligida mustahkam o’rin oldi.
O‘xshash so‘zlar
- FOLKLORIZM
- Folklor nima?
- FOLKLORSHUNOSLIK
- Folklend orollari
- FOLKLEND (MALVIN) OROLLARI
- FOLKLOR-ETNOGRAFIK ANSAMBLI
- FOLKNER (FAULKNER) UILYAM
- FOLLIKULALAR





