FOLKLORIZM

FOLKLORIZM — yozma adabiyotda qo’llangan og’zaki poetik ijod materiali. Ilmiy adabiyotlarda Folklorizm “ikkinchi shakl” (K.Chistov) atamasi bilan ham yuritiladi. Yozma adabiyotda muallif yoki personaj nutqida qo’llangan xalq maqollari, matal hamda iboralar Oddiy Folklorizm sanaladi. Ijodkorning folklorga xos tasvir uslubiga ergashishi, folklor materialidan o’z asarida foydalanishi, folklorga mansub syujet yoki motivni asariga olib kirishi va boshqa murakkab Folklorizm hisoblanadi. Asqad Muxtorning “Chinor”, Turob To’laning “Suyuk momo”, Erkin Vohidovning “Ruxlar isyoni”, Abdulla Oripovning “Kasam dara”, O’tkir Hoshimovning “parvona kuni” kabi asarlarida Folklorizmning yorqin namunalari bor. Folklorizmlar madaniy hayot rivojining hozirgi bosqichida adabiyot va san’atning g’oyaviybadiiy jihatdan uzluksiz taraqqiyotini ta’minlovchi bosh omilga aylandi.