FORD
FORD, fiord (norvegcha — fiord) — qirg’oqlari tik va baland qoyalardan iborat bo’lgan tor va chuqur dengiz qo’ltiqlari. Fordning uzunligi enidan bir necha barobar ortiq bo’ladi. Ba’zilarining (masalan, Sogneford) uzunligi 200 kilometr, chuqurligi 1000 metrdan oshadi. Tik qirg’oqlarining balandligi 1500 metrga yetadi. Tubi ham notekis. Ko’pincha Fordlarni ochiq dengizdan sayozliklar ajratib turadi. Fordlar to’rtlamchi davr materik muzliklari faoliyati natijasida, keyinchalik daryo vodiylari va tektonik botikdarning dengiz suvi bosishi oqibatida yuzaga kelgan. Fordlar Norvegiya, Grenlandiya, Chukotka yarim oroli, Chili qirg’oqlarida, ayniqsa, keng tarqalgan.