FUNKSIONAL MOLIYALASHTIRISH
FUNKSIONAL MOLIYALASHTIRISH – budjet siyosatini ishlab chiqish konsepsiyasi. Uning asosida budjet emas, balki iqtisodiyot muvozanatlashtirilishi zarur, degan qoida yotadi. Bunda makroiqtisodiy barqarorlik davrida budjet ijobiy saldoga ega bo’lishi zarur degan fikr ilgari suriladi. Zero, iqtisodiy o’sish sharoitida budjetga soliqlar tushumi avtomatik ravishda ko’payadi, makroiqtisodiy barqarorlik esa buni rag’batlantiradi. Demak, budjet kamomadi avtomatik ravishda o’z-o’zidan yo’q bo’ladi. Undan tashqari, davlatning soliqlarni belgilash huquqi va pullarni vujudga keltira olish sharoitida uning budjet kamomadini moliyalashtirish imkoniyatlari amaliy jihatdan cheksizdir.
O‘xshash so‘zlar
- FUNKSIONAL LOYIHA
- FUNKSIONAL BOG’LANISH
- Funksional tashxis nima degani
- FUNKSIONAL JIHATDAN INSON RESURSLARINI BOSHQARISH
- FUQAROLAR IQTISODIY ERKINLIGI
- FUQAROLARNING YILLIK JAMI DAROMADI
- FURE FRANSUA MARI SHARL
- FYUCHERS





