Gematit

Gematit (yunoncha gematos – sonli, qon rang) – mineral. Tarkibida 70% gacha temir, bir oz marganets, titan bo`ladi. Kristallari ko`pincha plastinkasimon. Qizil va po`lat rangli. Krivoy-Rog va Nijniy Tagilda gematit konlari bor. Gematit rudalari cho`yan va po`lat olishda muhim xom ashyo hisoblanadi. Toza kukunsimon xillari buyoq tayyorlashda ishlatiladi.