Geyzerlar
Geyzerlar (islandcha geyzir- otilmoq) – vaqt-vaqti bilan fontan bo`lib otilib turadigan issiq buloqlar. Geyzerlar asosan so`nmagan yoki yaqinda so`ngan vulkan hududlarida bo`ladi. Geyzer yer osti bo`shliq va yoriqlaridan otilib chiqadi. Geyzerlar og`zidan qaynoq suv 50 m, bug` esa 150 m balandlikkacha otilib chiqadi. Geyzerlar bir yoki bir necha kungacha harakatda bo`lishi mumkin. Geyzerlar Kamchatkada ko`p. Islandiya, AQSh, Yangi Zelandiyada ham geyzerlar bor. Geyzerlardan xonalarni isitishda, energetika ehtiyojlari uchun foydalanish mumkin.
O‘xshash so‘zlar
- Geyzerlar
- Geyzerlar
- Gidroelektr stansiya
- Gidrofitlar
- Gidrogeografiya
- Gidrogeologik havzalar
- Gidrogeologik xaritalar
- Gidrogeologiya





