Grammatik maktab
Grammatik maktab-1) qadimgi Afinada 7-12 yoshdagi o’g’il bolalar uchun tashkil etilgan boshlang’ich maktab. Unda o’qish, yozish va hisoblash, harflarni qo’shib so’z yasash ko’nikmalari shakllantirilgan; 2) qadimgi Rim patritsiylar (qadimgi Rim dastlabki tub joy aholisi) farzandlari va chavandozlar uchun yuqori darajadagi boshlang’ich maktab. Unda grammatika, Rim adabiyoti va yunon tilidan ta’lim berilgan; 3) Buyuk Britaniya hududida oliy o’quv yurtiga kirish uchun tayyorlovchi o’rta umumta’lim maktablari. 4) Rossiyada XVII asrda ayrim monastirlarda yunon va lotin grammatikasi, qadimgi dunyo adabiyotini o’rganish uchun tashkil etilgan maktab.
O‘xshash so‘zlar
- Grammatika
- GRAMMATOLOGIYA
- Grammatik shakl
- Grammatik maktab
- GRAMMATIK KATEGORIYA
- Gumanist
- Gumanistik
- Gumanitar







