Insolyatsiya
Insolyatsiya (lotincha insolo – oftobga qo`yaman) – muayyan vaqt (daqiqa, sutka va boshqalar) davomida gorizontal yuza maydoniga (1 sm.kv) tushgan quyosh radiatsiyasi. Bunda to`g`ri quyosh radiatsiyasi yoki yalpi quyosh radiatsiyasi nazarda tutiladi. Ba’zan har qanday yuzaga tushgan quyosh radiatsiyasi ham insolyatsiya deyiladi, masalan, yonbag`irlar insolyatsiyasi yoki bino devorlari insolyatsiyasi.
O‘xshash so‘zlar
- INSOLYATSIYA
- Insolyatsiya
- Intensiv taraqqiyot yo`li
- Intrazonallik
- Intruziv tog` jinslari
- Intruziv tog` jinslari
- Intruziya
- Investitsiya





