Isitma

Isitma — odam va issiq qonli hayvonlar organizmining qo’zg’atuvchi omillar (xususan, mikroblar)ga nis- batan maxsus reaktsiyasi; himoyalanish usullaridan biri. Gavda t-rasining ko’tarilishida namoyon bo’ladi, ko’pgina kasalliklarda kuzatiladi. Gavda t-rasining ko’tarilishi b-n o’tadigan hamma kasalliklar qadimdan I. deb atalgan. I. hozir mustaqil kasallik deb hisoblanmasa ham, ba’zi kasalliklar hamon I. deb ataladi (mas, bezgak isit- masi, iskabtopar isitmasi, ku isitma- si). I.ning infektsion va noin-fektsion xillari farq qilinadi. I. yuqumli ka – salliklarda ham, yuqumsiz kasalliklar- da ham chiqaverishi mumkin. Ko’pincha kasallik mikroblari (va VI- ruslari) chiqargan modsalar va ularning parchalanish mahsulotlari, orga-nizmga hazm yo’lidan boshqa yo’l b-n kiritilgan yot oqsillar (ba’zan vak-tsinalar)ning parchalanish mahsulotlari, shuningdek, organizmning o’z to’qima va hujayralari shikastlanganda (mas, ichga qon quyilganda, jarohatlanishda, to’qimalar ezilganda va h. k.) hosil bo’ladigan mod- dalar ta’sirida I. chiqadi. Organizmda moddalar almashinganda kimyoviy reak- tsiyalar ro’y berishi to’fayli ba’zi a’zo- larda, mas, jigar va muskullarda doim issiklik hosil bo’lib turadi, shundan ma’lum bir qismining badanda ushlanib qolishi gavda t-rasining ko’tarilishiga sabab bo’ladi. Yuqorida aytilgan modda- lar bosh miyadagi termoregulyasiya marka- ziga bevosita yoki reseptorlar orqali ta’sir etganda I. paydo bo’ladi. Gavda t-rasi tez ko’tarilganda teri tomirlari torayib (spazm), sovuq seziladi va mu- skullar titraydi (q. Jun-jish). Gavda t-rasi juda yuqori ko’tarilgan vaqtda organizmdan issikdik chiqib ketishi ku- chayib, issiqlik hosil bo’lishi vaqtincha muvozanatlanadi. T-ra tushayotganda or- ganizmdan issiklik chiqib ketishi yanada kuchayadi (badan terlaydi, teri tomirla- ri kengayadi). T-ra birdaniga — juda tez (kritik) yoki sekin-asta (litik) tushishi mumkin. Ba’zi mikrob zaharlarining kat- ta dozalari termoregulyasiya markazini qo’zg’atgach, ketidan susaytirishi mumkin. Shu sababli kasallik (mas, dif-teriya) ning og’ir — toksik xili deyarli. I.siz o’tishi mumkin. Keksalar va ozg’in, bedar- mon kishilar og’ir infektsion kasalli- klar b-n og’riganda ba’zan I. chiqmaydi. Gavda t-rasining ko’tarilish daraja- siga qarab I. subfebril (38° dan past), o’rtacha (39,5° gacha), yukrri yoki baland (4 G gacha) va, ba’zan, haddan tashqari yuqori (41° dan ortiq) bo’ladi. Gavda t-rasining 40—4G gacha ko’tarilishi bosh og’rig’i, darmonsizlik, ishtaha bo’g’ilishi, me’- da sekresiyasining susayishi va b. hodisalarga sabab bo’lsada, hayot uchun xavfli emae lekin isitmali ba’zi ka- salliklarda bemorning alaxlashi, behush bo’lib qolishi, moddalar almashinuvi va ovqat hazm qilishning buzilishi, asosan, t-raning ko’p ko’tarilishiga emas, balki shu kasallikdagi intoksikasiya xususi- yatlariga va shuning natijasida orga– nizmdagi turli funktsiyalarning buzi- lish darajasiga bog’liq. Bu holda be-mor atrofida hamshira yoki boshqa tibbiyot xodimi, shuningdek, bemorning yaqin ki- shilari bo’lib sovuq kompress qo’yishi va bexosdan o’rnidan turib ket-masligini nazorat qilib turishi shart. Kasallik sababini bartaraf qilmay turib, isitmani sun’iy yo’l b-n tushi- rish bemorning kayfiyatini yaxshilasa ham, naf bermaydi, aksincha, tashhis (Di- AgNOz) ni qiyinlashtiradi. I. chiqqanda organizmning immun xususiyatlari ku- chayib (q. Immunitet), infektsion jara- yonlar susayadi, shu bois ayrim hollarda (zaxmning 4-bosqichi, epidemik entsefa- lit va b.) davo maq-sadida sun’iy I. yuza- ga keltiriladi.