Iskabtoparlar

Iskabtoparlar (Phlebotomidae) -qon so’ruvchi ikki qanotlilarning ken- ja oilasi. Tanasining uz. 1,3—3,5 mm; mayda tuklar b-n qoplangan; sarg’ish, ay- rimlari kulrang; ko’zlari yirik, qora; 16 bo’g’imli uzun mo’ylovlari va tuklari aniq ko’rinadi. Xartumi yirik, sanchib so’ruvchi tipda, urg’ochisi qon b-n ozikla- nadi; erkagi, asosan, o’simlik shirasini so’radi. Qanotlari o’tkir burchakli, oval yoki cho’ziq oval. Oyoqlari uzun, bir oz ingichka. Erkagi ombursimon qo’shilish organining tu-zilishi sistematik ahamiyatga ega. I. issiq o’lkalarda keng tarqalgan. 300 ga yaqin turi aniqlangan. O’zbekistonda 17 turi ma’lum. Phlebotomus papatasii, Ph. sergenti, Ph. caucasis va b. tarqalgan. I. cho’l, qirlar, Daryo vodiylari, molxona va xonadon- larda yashirin hayot kechiradi; tuxumini tuproqqa qo’yadi. I. tabiatda yovvoyi sut emizuvchilar va qushlar uyasida, g’orlarda, toshlar yorig’ida, qad. qo’rg’on xaroba- larida, molxonalar va b. pana joylar- da ko’payadi. O’zbekistonda bir yilda 2 bo’g’ini (qishlovchi va yozgi) rivojlanadi. I.ning Ph. papatasii turi qoramol, echki, it va b. yovvoyi sut emizuvchilar, kaltake- saklar va odamning qonini so’rib, Pappa- tachi isitmasi, qo’tir, leyshmanioz va b. kasalliklarni qo’zg’atuvchi organizmlar- ni tarqatadi.