Jarib

Jarib (arabcha)-1) yuza, hajm va og’irlik o’lchov birligi; Sharq mamlakatlarida, jumladan, Markaziy Osiyoda VII asrdan boshlab qo’llanilgan. Yuza o’lchov birligi, aynan tanobga teng: 1 Jarib=1 tanob=3600 gaz2. Ba’zi adabiyotlarda Jarib 1 gaz=66,5 santimetr bo’yicha aniqlangan, ya’ni 1 Jarib=1592 m2. Jarib ilk o’rta asrlarda 1592 m2 (kichik Jarib), 5837 m2 (katta Jarib) bo’lgan. XV asrdan boshlab 960 m2. Hozirgi vaqtda Eronda1 Jarib rasman 1 gektarga teng bo’lsa-da, Jaribning taxminan 400 m2 dan 1450 m2 gacha o’zgarib turuvchi mahalliy turlari ham mavjud: Jaribi shohiy 1200 m2 ga, Jaribi rasmiy 760 m2 ga teng. O’rta Osiyoning huquqiy hujjatlarida Jarib bilan tanob bir xil yuza o’lchovini ifoda etgan. Yer o’lchovi mansabdor jaribkash yoki Jarib amin deb atalgan; 2) og’irlik o’lchov birligi: qiymati ishlatilish vaqti va joyiga qarab har xil bo’lgan. Madinada VII-IX asrlarda 22,825 kilogramm, Eronning turli yerlarida X asrlarsa 32,5 kilogrammdan 108,3 kilogramm (138 litr)gacha, XIV asrda esa 1 Jarib 100 kilogramm edi; 3) hajm o’lchov birligi: qiymati ishlatilish joyiga qarab har xil bo’lgan. VII asrda Madinada Umar xalifaligi davrida 1 Jarib 3,245 kilogramm bug’doy sig’adigan 4,2125 litr hajmga, Eron va O’rta Osiyoning turli yerlarida 1 Jarib 100 kilogramm bug’doy sig’adigan 130 litr hajmga teng bo’lgan (1 Jarib=130 litr).