KOMPYUTER O’YINLARI
KOMPYUTER O’YINLARI – kompyuter yordamida o’ynaladigan ko’ngilochar o’yinlar va boshqotirma ermaqlar. O’yin maydoni kompyuter orqali boshqariladi yoki displey va te- levizor ekranida namoyon bo’ladi. Turli o’yinlar (mas, avtomobilni boshqarish, tennis, futbol o’ynash va b.) ning ke- chishi va vaziyatlari modellari (da- sturlari) tuzilib, K. o’. shular asosida tashqil qilinadi. Modelda o’yinga jalb qilingan ob’ektlar va ular orasida bo’lishi mumkin bo’lgan munosabatlar aks etadi. Mas, bir oddiyroq o’yin sa- viyasidan yuqoriroq o’yin saviyasiga o’tish shartlarini o’z ichiga olgan o’yin qoidalari ishlab chiqiladi. K. o’. “jok- li” ravishda rivojlanib va murakkablashib borishi, yaqqolligi va vaziyatlarning son-sanoqsizligi b-n boshqa o’yinlardan ajralib tura- Di. “O’yinchoqlar”ning mahorati va ko’nikmalari oshgan sari K. o’. qiziqarli va mazmunliroq bo’lib boradi.
O‘xshash so‘zlar
- Kompyuter
- Kompyuter
- Kompyuter nima?
- KOMPYUTER VIRUSI
- KOMPYUTER TARMOG’I
- Kompyuter tomograf
- KOMPYUTER GRAFIKASI
- Kompyuterli modellashtirish


