KONSULLIK IMMUNITETI
KONSULLIK IMMUNITETI — konsullik muassasasiga, shu muassasa xodimlari va ularning oila a‘zolariga beriladigan imtiyoz va afzalliklar. O’zbekiston Respublikasi Konsullik ustaviga binoan, mazkur shaxslar Konsullik munosabatlari to’g’risidagi 1963- yilgi Vena konvensiyasida, O’zbekiston Respublikasi bilan konsulxona joylashgan davlat o’rtasidagi shartnomalarda, shuningdek, xalqaro huquqning umumiy me’yorlarida nazarda tutilgan imtiyozlar va immunitetlardan foydalanadi (77-modda).
O‘xshash so‘zlar
- KONSULLIK
- KONSULLIK
- KONSULLIK PATENTI
- KONSULLIK PATENTI
- KONSULLIK IMMUNITET
- Konsullik, konsullik vakolatxonasi
- KONTENT-TAHLIL
- KONTINUUM


