KO’RICHAK
KO’RICHAK — odam va sut emizuvchi hayvonlarda (ayrim hasharotxo’rlar, ayiqlar, gippopotamlar, oztishlilar va kitsimonlardan tashqari) yo’g’on ichakning boshlanish qismi; uzunligi o’rtacha 6-8 santimetr, kengligi 4-7 santimetr. O’ng yonbosh chuqurchasida joylashgan bo’lib, uning yonbosh ichakka qo’shilish joyida Qanatning yarimoysimon burmalari — qopqog’i bor. Ko’richak qisqarganda qopqoq yopilib, yo’g’on ichakdagi massa ingichka ichakka qaytib chiqmaydi. Ko’richakdan yo’g’on ichak (ko’tariluvchi chambar ichak) boshlanadi.
O‘xshash so‘zlar
- Ko’richak
- Ko’richak
- KO’RINISH
- KO’RINISH UZOQLIGI
- KO’RINISHXONA
- KO’RINMA YULDUZ KATTALIGI
- Ko’rish
- Ko’rish analizatori




