Kristallanish

Kristallanish — mod- da va jismlarning termodinamik turg’unsizlik qolatdan turg’un holatga o’tish jarayonida kristallarnsht hosil bo’lishi. Kristallar hosil bo’ladigan muhitlar o’ta sovitilgan bug’yoki toza modda suyuqligi, muayyan moddaning boshqa moddadagi o’ta to’yingan eritmasi, boshqa kristall tuzilishli modda va h. k. bo’lishi mumkin. Suvning sovib, qattiq qolatga o’tishi ham K. jarayonidir. K.da jism ener- giyasi kamayadi, chunki bunda issiqlik kurinishida yashirin energiya ajralib chiqadi (K. issiqligi deyiladi) va bu jarayon moddaning erish t-rasidan past t-radagina yuz beradi. Rasmda soviyotgan suyuqlik t-rasining vaqtga bog’liqligi keltirilgan. Egri chiziqning 1-qismi suyuqlikdan issiqlik ajralishi b-n uning t-rasi tekis pasaya borishini ko’rsatadi. Gorizontal 2-qismi issiqlik ajralayotganligiga qaramay, t-raning muayyan qiymatida uning vaqt o’tishi b-n o’zgarmay krlishini ko’rsatadi. Bir oz vaqtdan keyin t-ra pasaya boshlaydi (3-qism). 2-qismga mos kelgan t-ra K. t-rasi deyiladi. K. paytida ajraladi- gan issiqlik moddadan olib ketilayotgan issiqlik b-n kompensasiyalanadi. Shu- ning uchun ham t-ra vaqtincha o’zgarmaydi. K. jarayoni to’xtagandan so’ng, qotgan jism t-rasi pasaya boshlaydi. T-raning vaqtga nisbatan bunday o’zgarishi kri- Stall jismlarga xos. Kristallanmaydi- gan suyuqliklarning sovishida yashirin issiqlik ajralmaydi va sovish grafi- gi monoton chiziqdan iborat bo’ladi. K. ro’y berishi uchun K. markazlari, mas, suyuqlikda muallaq holda yurgan qattiq zarralar va b. bo’lishi lozim. Bu K. Mar- kazlari atrofida ayrim kristallchalar borgan sari o’sib borib, oqibatda bir- biriga birikib polikristall qattiq jiemni hosil qiladi. Faqat maxsus sha- roitdagiva K. markazidan o’sib chiqqan bir butun monokristall hosil qilish mumkin. Ko’pchilik jismlar uchun K. t-rasi bo- sim ortishi b-n ko’tariladi. Suyuqlikda o’sayotgan kristallda kattagina t-ra gra- dienti mavjud bo’ladi. Bu hol turli qatlamlarda atomlararo masofalar- ning birday bo’lmasligiga olib keladi. Nihoyat, kristall o’sib bo’lganidan so’ng, uning sovishida hosil bo’lgan termoela- stik kuchlanishlar kristalldagi dislo- kasiyani vujudga keltiradi. Gaz (bug’) ham bevosita kristallga ay- lanadi (kondensasiya tufayli). Bu holda ham yashirin issiqlik ajralib chiqadi. Rasm, 3 da o’zining bug’i b-n muvozanatda bo’lgan qattiqjism grafigi ifodalan- gan. Chizikdan chap tomonda qattiq holati, o’ng tomonda gaz holati ko’rsatilgan. K. jarayoni eritmalarda ham sodir bo’ladi. Bu jarayonning boshlanishi eritmaning tarkibiga va t-rasiga bog’liq. Eritma tarkibida bir necha modda bo’lsa, ular- ning har biri eritmaning K. t-rasini pasaytiradi. Bunday tarkibli eritma evtektika, uning K. t-rasi evteti k nuqta deyiladi. Eritma t-rasini pasaytirib, eritmani uning tarkibiy qismlariga nisbatan o’ta to’yingan holatga keltirish mumkin. Bu holda K. markazlarida eri- gan moddaning ortiqcha qismi eritmada alohida kristallchalar holida ajrala boshlaydi va eritma tuyinmagan holga keladi. Erituvchini bug’lantirish yo’li b-n ham eritmani o’ta to’yingan holga keltirish va Kristal-lantirish mum- kin. Bo’lardan tashqari, elektrolitik va kimyoviy K. ham mavjud. K. jarayoni- da kristallda har xil nuqsonlar (mas, kristall ichida yot gaz, suyuqlik va qattiq jism zarralari, vakansiya, dislokasiya va ichki kuchlanishlar va h. k.) paydo bo’ladi. Texnik va zargarlik maqsadlarida sun’iy kristallar hosil qilish K. ja- rayoniga asoslangan, jumladan, sun’iy kvars olish eng ko’p olinadigan Kristal- lardan hisoblanadi. Sintetik kvars tabiiy kichik kristallardan, unchalik maydalanib ketmagan Daryo qumlaridan olinadi. Qum xom ashyosi maxsus idish- ga solinadi va ustiga soda eritmasi quyiladi. Idish og’zi qopqoq b-n yopiladi. Uning ichki tomonidan tabiiy yoki sin- tetik kristallardan tayyorlangan yupqa qatlamlar osib qo’yiladi. Idish ichida yuqori t-ralar va bosim ostida qumning to’yingan eritmasi (kremnezem) hosil bo’ladi. Ana shu eritmadan asta-sekin yangi-yangi kvars kristallari qatlamlari (SiO2) hosil bo’laveradi. Bunday jarayon O’rta Osiyo xalqlari (ayniqsa, o’zbeklar) orasida novvot tayyorlashda keng foyda- lanib kelivadi. Hoz. kunda juda ko’p turdagi sun’- iy kristallar (korund, karborund, kriolit, fianit, slyudalar) olinadi. Yuqoridagi usul asosida eritmalardan zarur qismlarini ajratib olishda xdm foydalaniladi. Mas, silvinit (KCl- NaCl) aralashmasidan kaliy xlorid AJ- ratib olinib, aralashma sovitilganda KS1 kristallanadi, NaCl esa eritmada qoladi. Sanoatda kaliyli o’g’itlar olish ham shu jarayonda ishlab chiqariladi. Suvning K.i. atmosfera hodisalari va tuprokllunoslikda muhim o’rin egal- laydi. K. tufayli minerallar hosil bo’ladi. K.dan yarimo’tkazgich, optik, pe- zoelektr va b. materiallarni olishda, shuningdek, metallurgiya, kimyo, tibbi- yot, farmasevtika, oziq-ovqat sanoatida (moddalarni tozalashda, tuz, qand, Nov- vot, turli dorilar ishlab chiqarishda) foydalaniladi.