Kristallofizika, fizik kristallografiya

Kristallofizika, fizik kristallografiya — kristallogra- fiya bo’limi; kristallar va kristall agregatlarining fizik xossalarini, shuningdek, bu xossalarning tashqi ta’sirlar natijasida o’zgarishini o’rganadi. Bu xossalarga kristallar de- formasiyasi, mustahkamligi, issiqlik o’tkazuvchanligi, sirt energiyasi, ad- sorbtsiyasi, spektroskopiyasi, lyumi- nessentsiyasi va magnit, shuningdek, o’ta o’tkazuvchanlik, ferromagnetizm, segne- toelektr, piroelektr, pezooptik, pezo- elektr va b. xossalari kiradi. Kristal- larning fizik xossalari har xil optic yo’nalishlarda birdek bo’lmaydi. Ularni simmetrik yo’nalishlarda ekvivalent xossalarga ega bo’lgan bir jinsli va anizotrop muhit deb qarash mumkin (q. Anizotropiya). K.da anizotrop muhitning xossala- rini miqdoriy ifodalashda matematik apparat — tenzor analizdan va guruhlar nazariyasidan foydalaniladi. Mas, ikki vektor kattalik (muhitning qutblanishi R va elektr maydon kuchlanganligi E; tok zichligi j va elektr maydon kuchlangan- ligi £) yoki ikki psevdovektor kattalik (mas, magnit induktsiyasi V va magnit maydon kuchlanganligi N)lar orasi- dagi o’zaro bog’liklikni tavsiflovchi anizotrop muhitning fizik xossalari (mas, dielektrik qabulchanligi, elektr o’tkazuvchanligi, magnit kabul-chanligi, tenzorlari) ikkinchi tartib (rang) li qutb b-n aniqlanadi. Yuqori tartibli tenzorlar b-n anizotrop muhitning Fi- zik xossalari, mas, pezoelektr effekt, elektrostriktsiya, magnitostriktsiya, ela- stiklik va b. shunga o’xshash xossalari aniqlanadi. Kristall panjarasiaati har xil nuqsonlar (vakansiyalar, dislokasiyalar, domenlar va h. k.) va ularni Kristal- larning fizik xossalari (plastikligi, mustahkamligi, elektr o’tkazuvchanligi, mexanik aslligi va b.) ga ta’siri ur- ganiladi. Kristallardagi nuqsonlar ularning plastikligi, mustahkamligi, elektr qarshiligi va b. xossalariga ta’- sir qiladi. Shuning uchun amalda ishla- tiladigan ma’lum fizik xossali kri- stallarni topish K. ning asosiy masala- laridan biri hisoblanadi. K. asosida kristallooptika vujud- ga keldi. K. yutuqlari tufayli qattiq jism fizikasi jadal rivojlana bosh- ladi. U kristallokimyo b-n ham bevosita bog’liq. K. ning o’sha paytdagi holatini nemis fizigi V. Fogt (1850-1919) bayon qilgan, uning statik va dinamik nazari- yasini M. Born rivojlantirgan. F. IOF- Fe K. ga ma’lum hissa qo’shgan. Kristallarning atom tuzilishini, tarkibi va strukturalarini atom va ion oqimlari orqali o’rganishga, ularning fizik xususiyatlarini o’zgartira olish imkoniyatlarini yaratishga o’zbek fizik olimlaridan N. Yu. To’raev, prof. E. S. Parilis va b. ham katta qissa qo’shdilar. Ad.: Ioffe A. F., Fizika Kristal- lov, M. — L., 1929; Vay Dj., Fizicheskie svoystva kristallov i IX opisanie pri pomotshi tenzorov i matris [Per. s angl.], M., 1967;Parilis E.S., Turaev N. Yu., Te- oriya rasseyaniya Ionov srednix energy va poverxnosti monokristalla, T., 1970; Vasilev D. M., Fizicheskaya kristallo- grafiya, M., 1972.