Kvartet nima?

Siz, albatta, Krilovning “Kvartet” degan masalini eslab qolgansiz. Mana uning debochasi:

Shumtaka Maymunvoy,
Eshak
Echki ham g’ilay quyoncha
Kvartet muqomin chalmoq qasdida
Topib notalar, bas, alt, qo’sh skripkani
San’atlaridan lol etmoq-chun dunyoni

O’ltirdilar o’tloqqa jo’ka ostida. “Kvartet” so’zining bir talay ma’nosi bor. Lotincha “kvartus” tarjima qilinsa, “to’rtinchi” degan ma’noni bilib olamiz. Xo’sh, nima kvartet deb ataladi. Masal misrasiga e’tibor qiling-chi: “Kvartet muqomin chalmoq qasdida”. Demak, eng avvalo kvartet — bu, asar nomi. Darvoqe, ko’p sho’bali va to’rtovlon ijrochi uchun mo’ljallangan asar ekanligi juda muhimdir. Odatda kvartetlar do’sh skripka, bas va violonchel uchun bastalanadi. Ko’rib turganingizdek, Krilov ana shunday kvartetni nazarda tutgan ekan; violonchel ilgari “bas” deb yuritilgan. Bu torli cholg’u kvarteti, chunki faqat torli cholg’u asboblari bilan ijro etish uchun bastalangan. Betxoven, Chaykovskiy, Borodin, Shostakovich va boshqa ko’plab kompozitorlar ajoyib torli cholg’u kvartetlari yaratishgan. Musiqa asboblarining boshqa tarkibi uchun kvartetlar birmuncha kam uchraydi. Masalan, fortepyano kvarteti — skripka, alt, violonchel va fortepano uchun bastalangan. Puflama musiqa asboblari uchun kvartetlar ham bor. Operalarda ko’pincha vokal kvartetlar yangraydi. To’rt ishtirokchi qatnashadigan dastalar shunday ataladi. Verdining “Rigolletto” operasining oxirgi pardasidagi kvartet juda mashhur bo’lib ketgan. Kvartet pyesalarni ijro etuvchi mug’anniylar, — bu ham kvartet. Yaqin o’tmishda to’rt ovoz bilan kuylangan vokal kvartetlar ham ancha-muncha ommaviy edi. Biroq ikki skripkachi, altnavoz va violonchelnavozdan tarkib topadigan torli cholg’u kvarteti muharrar ko’proq tarqalgan sanaladi. Eng dongdor kvartetlarga ba’zan buyuk mug’anniylarning nomlari beriladi. Masalan, Rossiyadagi eng yaxshilaridan biri bo’lgan Betxoven nomli kvartet uzoq vaqt sahnada porladi. Borodin, Taneyev, Prokofev, Shostakovich nomli kvartetlar ham ancha dongdor bo’lgan.