Leyb-gvardiya

Leyb-gvardiya (nemischa Leib-tana va lotincha guardio muhofaza, himoya)-ba’zi monarxik davlatlarda hukmdorning shaxsiy qo’riqchilari va eng sara harbiy qismlarning faxriy nomi. Rossiyada Pyotr I tomonidan XVII asr oxirida ta’sis etilgan. Keyinchalik Rossiya armiyasining ko’pgina gvardiya qismlari Leyb-gvardiya nomi bilan atalgan. Shuningdek, ba’zi armiyalar tarkibidagi polklarning nomiga ham “leyb” qo’shimchasi qo’shilgan.