Leyb-gvardiya
Leyb-gvardiya (nemischa Leib-tana va lotincha guardio muhofaza, himoya)-ba’zi monarxik davlatlarda hukmdorning shaxsiy qo’riqchilari va eng sara harbiy qismlarning faxriy nomi. Rossiyada Pyotr I tomonidan XVII asr oxirida ta’sis etilgan. Keyinchalik Rossiya armiyasining ko’pgina gvardiya qismlari Leyb-gvardiya nomi bilan atalgan. Shuningdek, ba’zi armiyalar tarkibidagi polklarning nomiga ham “leyb” qo’shimchasi qo’shilgan.
O‘xshash so‘zlar
- Leyb-gvardiya
- LEYBORISTLAR PARTIYASI
- Leyboristlar partiyasi
- Leybnis (Leibniz) Gotfrid Vilgelm
- Limiyo
- Lison
- Lison un-g’ayb
- Lo’ri







