LEYDEN UNIVERSITETI

Ma’nosi

LEYDEN UNIVERSITETI – Niderlandiyadagi eng qadimgi va yirik universitet, 1575 yil Leyden shahrida Shahzoda Vilgelm I (Oranjlik) tomonidan tashkil etilgan. Ilohiyot, ququq, tibbiyot, tabiiy, ijtimoiy fanlar bo’yicha mutaxassislar tayyorlaydi. 20-asrdan uning kriogen laboratoriya past temperaturali fizikaning jahon markaziga aylandi. Universitetda 17 mingdan ortiq talaba ta’lim oladi.

O‘xshash so‘zlar

L harfi: barcha so‘zlar