Leykokrat jinslar
Leykokrat jinslar (leyko… va Yunoncha kratio — ustunlik) — och rangli minerallarga boy magmatik tog’jinslari. Jinsdagi rangli minerallarning miqdori me’yordan kam bo’lsa, nomiga leykokrat so’zi qo’shib yoziladi. Masalan, gabbrosa piroksenning mikdori 40— 50% ni tashkil etishi shart. Agar piroksenning miqdori 25% bo’lsa, u leykokratgabbro deb ataladi. Faqat och rangli minerallardan iborat tog’jinsi gololeykokrat jinsi deb ataladi.
O‘xshash so‘zlar
- Leykoksen
- Leykopeniya
- Leykoplastir, yopishqoq plastir
- LEYKOPLASTLAR
- Leykositlar
- Leykoz
- Leypsig
- Leypsig jangi











