Leykoz
Leykoz (leyko…), leykemiya, oq qon — qon ishlab chiqaradigan to’qimalarning o’sma kasalligi, bunda ko’mik zararlanadi va normal kon hosil bo’lishi jarayoni buziladi; qon yaratuvchi a’zolarda yosh patologik hujayra elementlari o’sib ketadi, limfa tugunlari va talok, kattalashadi, qonda o’ziga xos o’zgarish sodir bo’ladi. Kasallik sababi to’la-to’kis aniqlanmagan. Leykozning kelib chiqishida virusli, endogen, kimyoviy va radiasion nazariyalar mavjud. O’tkir Leykoz, surunkali mieloleykoz (mieloid turkumidagi hujayralarning hosil bo’lishi buziladi) va boshqa shakllari farqlanadi. O’tkir Leykozga intoksikasiya xos bo’lib, asosan, temperatura ko’tariladi, og’iz bo’shlig’i va tomoqda yiringli-yarali jarayonlar, qonsirash kuzatiladi, asab sistemasi izdan chiqishi mumkin. Qon tarkibi o’zgarib, bunda Normo-, erito – va Megaloblastlar ko’payib ketadi. Periferik qonda anemiya, trobositopeniya, leykogramma o’zgarishi, qon yaratilishining to’satdan to’xtashi va hokazolar kuzatiladi. Surunkali Leykoz dastlab sezilmasligi mumkin. Quvvatsizlik, bosh aylanishi, ko’p terlash, apatiya, bir oz harorat ko’tarilishi ro’y beradi. Bemorning suyaklari zirqirab og’riydi, me’da-ichak faoliyati buziladi; jigar, talok, va limfa tugunlari kattalashadi. Og’irroq (terminal) qollarda anemiya, trombositopeniya avj oladi. Leykositlar, xususan bazofil va eozinofillar soni ortadi. Qon va suyak punktatida etilmagan yosh Blastlar, ko’mik punktatida qonning limfoid elementlari giperplaziyasn ro’y beradi. Qonda donador leykositlar ko’payadi, ba’zan gemolitik sindrom kuzatiladi. Davosi. O’tkir Leykozda va surunkali Leykoz zo’riqqanda bemor kasalxonada davolanadi. Rentgenoterapiya, quvvatga kiritadigan, kamqonlikka qarshi dorilar buyuriladi, qon quyiladi. Hayvonlarda ham qon hujayralarining etilish jarayoni buzilishi (anaplaziya) bilan kechadi. Leykoz bilan qoramol, qo’y, echki, ot, cho’chqa, it, mushuk, parranda kasallanadi. Hayvonlardan ko’proq sigirlarda, parrandalardan tovuqlarda uchraydi. Kasallikka radioaktiv nurlar, kimyoviy omillar, genetik buzilishlar, gormonlar balansining buzilishi va viruslar sabab bo’lishi mumkin. Kasallik hayvon sog’lig’iga ko’rinarli zarar yetkazmasdan oylab va yillab davom etadi. Ko’pchilik hollarda bitta yoki bir qancha limfa tugunlari, taloq kattalashadi, shuningdek, ovqat hazm qilish buziladi, holsizlanish, oriqlash, sigirlarda sutining kamayishi va shishlar paydo bo’ladi. Parrandalarda, ko’pincha, 4 oylikdan katta tovuqlar, ba’zan kurka, o’rdak, g’oz va boshqalar kasallanadi. Qishloq xo’jaligiga qoramollarda uchraydigan enzootik Leykoz (limfoleykoz) va Retraviridae oilasiga mansub viruslar qo’zg’atadigan turli Leykoz shakllari katta iqtisodiy zarar yetkazadi. Tashxis klinik belgilarga va laboratoriyada qon analizlariga qarab qo’yiladi. Oldini olish: sog’lom xo’jaliklarda bu kasallikdan himoya choralari ko’riladi. Qoramollar klinik-gemotologik tekshiruvdan o’tkaziladi. Kasallik aniqlansa, sog’lomlashtirish tadbirlari ko’riladi. Leykozga chidamli zotlar yaratiladi.