MAHALLIY DAVLAT HOKIMIYATI ORGANLARI

MAHALLIY DAVLAT HOKIMIYATI ORGANLARI (O’zRda) – joylardagi davlat boshqaruv idora- lari. Ular mahalliy ahamiyatga molik hamma masalalarni o’z vakolatlari do- irasida o’zlari hal etadilar, umumdav- lat man-faatlarini shu hududda yashab turgan fuqarolarning manfaatlari b-n uy-g’unlashtiradilar, yagona davlat hokimiyati organlarining tarkibiy bo’g’ini sifatida yuqori davlat organ- lari qarorlarining amalga oshiri- lishini ta’minlaydilar. O’zbekiston mustaqillikka erishgach, uzoq tarixiy tajribaga, milliy an’analarga tayan- gan holda ilg’or mamlakatlar tajriba- sidagi ijobiy tomonlarni o’rganib, o’z davlat idoralarini tubdan qayta isloh qildi, M. D. h. o. tizimini yarat- Di. Mahalliy hokimiyat tizimini shak- llantirish sohasida bir qator qonun va rasmiy hujjatlar qabul qilindi. Ular orasida O’zbekiston Respublikasi kon- stitusiyasi (1992 y., 8 dek.), “Mahalliy davlat hokimiyati to’g’risida”gi qonun (1993 y., 2 sent.), “Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashlariga say- lovlar to’g’risida”gi qonun (1994 y., 5 may) kabilar mu-him o’rin egallaydi. O’zR Konstitu-tsiyasining 20-bobida M. D. h. o. faoliyatining Konstitusiya- viy huquqiy asoslari o’z aksini topgan (99—104moddalar). Mazkur moddalarda M. D. h. o. tizimi, mavqei, vazifalari, tuzilish tartibi konstitusiyaviy dara- jada mustahkamlab qo’yilgan. Konstitu- tsiya mahalliy vakillik organlarining 2 bo’g’inli tizimi (ya’ni, tuman, shahar xalq deputatlari kengashlari — quyi bo’g’in; viloyatlar va Toshkent sh. xalq de- putatlari kengashlari — yuqori bo’g’in) ni mustahkamladi va bu mahalliy davlat hokimiyati to’g’risidagi qonunda o’z ifo- dasini topdi. M. D. h. o.: qonuniylikni, huquqiy tartibotni va fuqarolarning xavfsizligini ta’minlash, hududlarni iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy ri- vojlantirish; mahalliy byudjetni shak- llantirish va uni ijro etish, mahalliy soliqlar, yig’imlar belgilash, byud- jetdan tashqari jamg’armalarni hosil qilish; mahalliy kommunal xo’jalikka rahbarlik qilish; atrof-muhitni muhofaza qilish; fuqarolik holati AKT- larini qayd etishni ta’minlash; nor- mativ hujjatlarni qabul qilish hamda O’zR Konsti-tusiyasi va qonunlariga zid kelmaydigan boshqa vakolatlarni amalga oshiradi. M. D. h. o. O’zR qonunlari, Pre- zident farmonlarini, davlat hokimiyati yuqori organlarining qarorlarini amal- ga oshiradi, xalq deputatlari quyi ken- gashlari faoliyatiga rahbarlik qiladi, respublika va mahalliy hokimiyatga molik masalalarni muhokama qilishda qatnashadi. M. D. h. o. 2 ga bo’linadi: mahalliy vakillik organlari va mahalliy ijroiya organlari. Mahalliy vakillik organla- ri o’z faoliyatini kollegi-allik asosida olib boradi. Mahalliy kengash ishining asosiy tashkiliyhuquqiy shakli ses- siya hisoblanadi. Mahalliy vakillik organlarining hamma bo’g’inlari say- lov yo’li b-n tashkil qilinadi. Qonun vakillik organlariga har tomonlama bilimga, tajribaga ega, keng, mustaqil fikrlovchi shaxslarning saylanishi- ni va bu organlar ishchan bo’lishini na- zarda tutadi. 1994 y. 25 dek.da va 1999 y. 5 dek.da O’zbekistondagi mahalliy hokimiyat organlariga saylovlar o’tkazildi. M a halliy ijroiya organ- lari — hokimiyatlarga viloyat, tuman va shahar hokimlari boshchilik qiladi va u yakkaboshchilik printsipi asosida ish olib boradi. Hokimiyatlar boshqarmalar, bo’limlar va bo’linmalardan iborat bo’lib, ularning tuzilishi, tashkil eti- lishi va faoliyati O’zRning Vazirlar Mahkamasi tasdiqlaydigan tegishli nizomlar b-n belgilanadi. Viloyatlar va Toshkent sh. ijroiya hokimiyati organ- larining tuzilishi va Shtatlari hokim tomonidan O’zR Vazirlar Mahkamasi b-n kelishilgan holda, tegishli xalq depu- tatlari kengashi tasdiqlagan byudjet do- irasida belgilanadi va o’zgartiriladi. Tuman, shahar ijroiya hokimi-yati or- ganlari va Qoraqalpog’iston Respu- blikasi ijroiya hokimiyati organlari tuzilishi va Shtatlari tarkibi M. D. h. o. to’g’risidagi qonun b-n tartibga so- linadi. Xalq deputatlari kengashlari va hokim munosabatlarini tartibga soluvchi huquqiy hujjatlarga asosan hududdagi muhim masalalar, muammo- larni hal qilishda maslahatlashish uchun hokimlar huzurida maslahat kengashi tuzildi. Lekin bunday maslahat kengash- lari tuzilishi hokimning faoliyatidagi yakkaboshchilik printsipiga putur etkaz- maydi. Ijroiya hokimiyati bo’linmalari rahbarlari davlat boshqaruvining yuqori organlari b-n kelishilgan holda va hokimning taqdimiga binoan, tegishli xalq deputatlari kengashlari sessiyala- rida lavozimiga tayinlanadi va lavozi- midan ozod etiladi. Mahalliy vakillik organlari va hokimlar qabul qiladigan hujjatlar Konstitusiya va qonunlarga zid bo’lmasligi lozim. Hokim tomoni- dan qabul qilingan hujjatlar ustidan fuqarolar, jamoat birlashmalari, kor- xonalar, muassasalar va tashkilotlar sudga shikoyat qilishlari mumkin. Akmal Saidov.