Maharashtra

Maharashtra — Hindistondagi shtat. Hindiston ya.o.ning shim.-g’arbiy qismida. Mayd. 308 ming km2. Aholisi 97 mln. kishi (2001), aksari maratxdar. Aholisining 80% hindu diniga e’tiqod qiladi. Ma’muriy markazi — Mumbay (Bombay) sh. M.ning er yuzasi tog’lik, sohili kambar pasttekislik. Iqlimi mussonli, sohilida issiq va sernam, ichki r-nlarida quruq iqlim. Dekan yassitog’ligida unumdor qoratuproqyaar uchraydi. M.da foydali qazilmalardan marganes, temir rudalari, xromit, ohaktosh va ko’mir qazib olinadi. Shtat- ning Jan.-g’arbida boksit konlari bor. M. to’g’risidagi dastlabki ma’- lumotlar milod boshlariga oid. M. hududi qadimda Chaluklar, Bahmaniylar, Ahmadnagar va b. mayda davlatlar tar- kibvda bo’lgan. 17-a.ning 60-70-y.lari-da maratxlar davlati tuzilgan. 18-a.da u mayda hokimliklarga bo’linib ketgan. 19-a. boshida bu hokimliklarni Ost- Indiya kompaniyasi bosib olgan. 1950 y.gacha M.ning ko’p qismi Bombay viloya- ti, 1950 y.dan Bombay shtati tarkibida bo’lgan. 1960 y.da M. alohida shtat qilib ajratilgan. M. — Hindistonning eng rivoj- langan shtatlaridan. Aholisining 61% q.x.da band. Shtat paxta (Hindistonda etishtiriladigan paxta hosilining 1/5 qismi) va er yong’oq hosili olishda mam- lakatda 1-o’rinda. Ekin maydonining ko’p qismiga jovar, bug’doy, sholi va b. donli ekinlar ekiladi. Shakarqamish ekish kengaymoqda. Ishlanadigan erlar- ning 8% sug’oriladi. Shtat g’arbidagi 1,5 mln. ga erda bog’dorchilik (banan, Mango, papayi, Kesh yong’og’i va b. etishtirishga ixtisoslashgan) qilinadi. M.da mamlakat ishlab beruvchi sano- at mahsulotining 1/4 qismi ishlab chiqariladi. Shtat daromadining 25% sanoatdan keladi. Sanoatining etakchi tarmog’i — ip gazlama sanoati (mamlakat- da ishlab chiqarilayotgan kalava ipning 25%, gazlamaning 33%). To’qimachilik sanoatining eng yirik markazi — mum- bay sh. Shuningdek, shoyi to’qish (sun’iy tola i.ch. bo’yicha mamlakatda 1-o’rinda), oziq-ovqat (shakarqand, yog’moy, un tor- tish va b.), tamaki va qog’oz sanoatlari ham rivojlangan. Mashinasozlik (sta- noksozlik, elektr mashinasozligi, AV- tomobilsozlik), kimyo (bo’yoqlar, sun’iy tola, doridarmon va b.) va neft kimyosi sanoati korxonalari bor. Yangi sanoat tarmoqlari, asosan, Mumbay — Txana — Puna sanoat zonasida to’plangan. Nagpur, Shalapur kabi sanoat markazlari xam mavjud. Mumbay porti orqali Hindiston im- portining 1/2 qismi o’tadi. Shtatda yana 48 port ishlab turibdi. 24 aeroport bor. T.y. uzunligi 5396 km. Shtat elektr ener- giyasi i.ch. bo’yicha 1-o’rinda, Tarapurda Hindistonda birinchi atom elektr st-yasi qurilgan. Shtatda 13 oliy o’quv muassa- sasi bor.