Mahalliy sanoat

Mahalliy sanoat – mahalliy xom ashyo resurslaridan mahalliy ehti- yojlarni krndirishga mo’ljallangan xalq iste’mol mollari ishlab chiqaradigan sanoat tarmoqlari majmui. Uning tar- kibida qora metallurgiya, kimyo va neft kimyosi, mashinasozlik va metallga ish- lov berish, yog’ochni qayta ishlash sanoati, mebel sanoati, qurilish materiallari, shisha va chinni-fayans, engil sanoat va oziq-ovqat sanoati korxonalari, xalq hunarmandchiligining zardo’zlik, tikuv- chilik, to’quvchilik, pichoqchilik, badiiy kashtachilik (so’zana, gulko’rpa, choyshab, zardevol, palak, kirpech), do’ppido’zlik, o’ymakorlik, miskarlik, zargarlik, Kan- dakorlik, rixtagarlik, kulollik, mil- liy cholg’u asboblari yasash, kosibchilik va b. tarmoqlari kiradi. Odatda, turli kichik i.ch. korxonalarini, ayniqsa, ki- chik shaharlar va yirik qishloklarda tashkil etish b-n M.s. sanoat markazlari- dan uzokda joylashgan hududlarda sanoat i.ch.ni rivojlantiradi, xunarmandlar, ishsizlar, mahalliy aholini, pensio- nerlarni va b. mehnat qobiliyati cheklan- gan aholi toifalarini unumli mehnatga jalb etadi, mahsulot chiqarish uchun chet- dan keltiriladigan xom ashyo b-n birga mahalliy xom ashyo resurslari, materi- allar, sanoat va q.x. ishlab chiqarishi chiqindilarini ishlatadi. M.s. xilma-xil iste’mol tovarlari va sanoat maqsadlaridagi mahsulotlar ishlab chiqaradi. O’zbekistonda M.s. 20- a. boshlaridan hunarmandlar va kosiblar shirkatlari ko’rinishida shakllandi. 1934-92 y.larda Respublika mahalliy sanoat vazirligi (1994-97 y.larda “Mahalliy sanoat” davlat korporasi- yasi) ishladi. Shahar va shaharchalarda kattakichik xususiy hamda jamoa korxo- nalari, qo’shma korxonalar, aktsiyadorlik jamiyatlari faoliyat ko’rsatadi. M.s. korxonalarida 280 dan ko’proq nomda ma- Daniy, ma-ishiy, xo’jalik mollari ish- lab chiqariladi. Tarmoqdagi yirik korxonalar — Shaxrixon, Kosonsoy va Urgut sho-Yi to’qish, Bekoboddagi “Metallist”, Chust- dagi milliy pichoqlar z-dlari, Toshkent, Andijon va Shahrisabz badiiy buyum- lar f-kalari, Buxoro “zardo’z”, Toshkent “Yodgorlik”, Rishton, Shahrisabz kulol- chilik aktsiyadorlik jamiyatlari, termos ishlab chiqaruvchi O’zbekiston-Xitoy qo’shma korxonasi va b. Milliy kashtachilik buyumlar i 8 ta ixtisoslashgan korxonalarda ishlab chiqariladi, ularning eng yiriklari — Toshkent, Andijon, CHuet, Namangan va Qashqadaryo badiiy buyumlar f-kalaridir. Milliy gaz Lama (Marg’ilon, Oltiariqda qo’lda to’qilgan xonatlaslar, kitobda beqasam) ishlab chiqariladi. G i l a m to’qish mahalliy hunarmandchilikning eng rivojlangan va keng yoyilgan tarmoqlaridan biridir. Qo’lda to’qilgan gilam va paloslarda mahalliy uslub va badiiy uslublar saqlanib kelmoqda. CHuet badiiy buyumlar f-kasi va Toshkent kasanachilik f-kalari uyda ishlaydigan ishchilardan foydshtanishga ixtisos- lashgan. Tarmoqda Nodir metallar, tosh- lar va sintetik materiallar (sun’iy kristallar) asosida mahsulotlar ishlab chiqaradigan “Fonon” ilmiy i.ch. bir- lashmasi, Toshkent sh.dagi bir necha zar- garlik korxonalari faoliyat ko’rsatadi. Tarmoq mahsulotlarining muayyan qismi eksport qilinadi. O’zbekiston Respublikasi Preziden- tining 1997 y. 15 avg.dagi “mahalliy sa- noatni boshqarishni takomillashtirish to’g’risida” farmoniga ko’ra, M.s.ni boshqarishni yanada takomil- lashtirish, xususiylashtirishni chu- qurlashtirish, raqobatchilik muhitini vujudga keltirish va b. maqsadlarida Respublika viloyatlari va Toshkent sh.da “mahalliy sanoat” hududiy ishlab chiqarishsavdo aktsiyadorlik kompaniyala- ri tashkil etildi (yana q. Badiiy sanoat). Nuriddin Musaev.